logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Reyndersning "Al Qodisiya"dagi maoshi malum

 14 AVGUST, 2026, 13:32

"Al Qodisiya" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Teyani Reyndersga yiliga 20 mln evro maosh bilan besh yillik shartnoma taklif qildi.

Bu haqda "De Telegraaf" xabar beradi.

Manba malumotiga ko'ra, yaqin orada 28 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Avvalroq OAVda Saudiya Arabistoni klubi Reyndersning o'tishi uchun taxminan 60 mln evro to'lashga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

O'tgan mavsumda Reynders barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol va so'kkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalidagi malumotlarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ