logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

De Dzerbi: «Bu «Tottenxem»dagi mening birinchi haqiqiy mavsumim»

 14 AVGUST, 2026, 13:18

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi boshlanishi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Bu «Tottenxem»dagi mening birinchi haqiqiy mavsumim. O'tgan safar biz elitada jon saqlab qalish uchun kurashgan edik, ammo endi Evropaning eng murakkab chempionatida uzoq muddatli loyiha barpo etishni boshlashimiz mumkin, — dedi De Dzerbi Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

De Dzerbi joriy yilning mart oyida «Tottenxem» bosh murabbiyiga aylangan edi. Mutaxassis qo'l ostida jamoa mavsumni 17-o'rinda yakunlab, elit diviziondagi o'rnini saqlab qoldi.

APLning yangi mavsum 1-turida «Tottenxem» mehmonda «Brentford»ga qarshi maydonga tushadi (22 avgust).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ