Xvichani yana «Oltin to'p»ga loyiq ko'rishmoqda
14 AVGUST, 2026, 09:42
Gruziya terma jamoasining sobiq ikki futbolchisi Zurab Tsiskaridze va Irakliy Dzariya «PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya «Oltin to'p» sohibi bo'la oladimi, degan savolga javob berishdi.
«Xvicha hozir dunyodagi eng yorqin hujumkor futbolchi. Menimcha, u “Oltin to'p”ga to'liq loyiq», — dedi Tsiskaridze.
«Xvicha umuman barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi va Chempionlar ligasida eng yaxshi bo'ldi. U “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishga loyiq. Kecha u yana bir bor asosiy da'vogar ekanini isbotladi», — ta'kidladi Dzariya.
Eslatib o'tamiz, kecha, 12 avgust kuni «PSJ» UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Xvicha esa uchrashuvda gol urdi.
