logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Tottenxem» yana narxni oshirdi

 14 AVGUST, 2026, 09:36

«Tottenxem» «Manchester Siti»ga braziliyalik hujumchi Savino uchun 98 million evro miqdorida rasmiy taklif yubordi.

London klubi «Siti» dastlab futbolchi uchun so'ragan summani to'pladi, biroq manchesterliklar hozircha ijobiy javob berishmadi, deb xabar bermoqda Globo.

22 yoshli Savino «Tottenxem»ga o'tishni xohlamoqda va payshanba kuni «Manchester Siti» mashg'ulotida ishtirok etmadi.

Savino «Siti» safidagi ikki mavsum davomida 84 ta uchrashuv o'tkazib, 7 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi hamda 3 ta sovrinni qo'lga kiritdi. O'tgan mavsumda esa u 36 ta o'yinning atigi 14 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ