logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ» vingeri «Liverpul» tarixiga kirishi mumkin

 14 AVGUST, 2026, 09:24

«PSJ» vingeri Bredli Barkolya hamon «Liverpul»ning transfer maqsadlari ro'yxatida qolmoqda.

Turli xabarlarga ko'ra, «qizillar» frantsuz futbolchisi uchun 125 million evro to'lashga tayyor va klublar allaqachon kelishuvga yaqinlashgan.

Agar transfer belgilangan shartlar asosida amalga oshsa, 23 yoshli futbolchi «Liverpul» tarixidagi Florian Virts bilan birga ikkinchi eng qimmat xaridga aylanadi. Virts o'tgan yozda «Bayer»dan xuddi shu summa — 125 million evro evaziga sotib olingan. Rekord esa hanuz Aleksander Isakka tegishli — u 2025 yilda «Nyukasl»dan 145 million evro evaziga xarid qilingan.

Avvalroq «PSJ» Bredli Barkolya uchun 150 million evrodan ortiq mablag' so'rayotgani xabar qilingan edi. Ayni paytda futbolchining o'zi «Liverpul»ga o'tishni xohlamoqda va bu borada og'zaki roziligini bergan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ