Kerrik transfer oynasi yopilguniga qadar «Manchester Yunayted»da yana ikki futbolchini ko'rmoqchi
14 AVGUST, 2026, 08:48
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik yozgi transfer oynasining qolgan haftalarida tarkibni kuchaytirishga umid qilmoqda.
The Touchline manbasiga tayanib jurnalist Samuel Lakxyorstning xabar berishicha, «qizil iblislar» ustozi klub yana ikki futbolchi bilan shartnoma imzolashini xohlamoqda. Murabbiyning fikricha, jamoaga hali ham yangi chap qanot himoyachisi va yarim himoyachi zarur.
«Manchester Yunayted»ning ustuvor nishoni Lyuis Xoll hisoblangan edi, biroq «Nyukasl» lateralni sotishdan bosh tortdi. Shuningdek, Maylz Lyuis-Skelli nomzodi ham ko'rib chiqilgan edi, ammo mankunianliklar «Arsenal» tomonidan belgilangan narshni juda yuqori deb hisoblashdi. Yarim himoyachilar orasida esa Karlos Baleba («Brayton») va Orelen Tchuameni («Real» Madrid) «MYu»da qiziqish uyg'otmoqda.