logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fabritsio Romano «Liverpul»ning Rio Ngumoa bo'yicha rejalari haqida gapirdi

 14 AVGUST, 2026, 08:42

Vinger Rio Ngumoa «Liverpul»ning rejalarida muhim o'rin tutishda davom etmoqda.

«Mersisaydliklar» transfer oynasining so'nggi haftalarida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda, biroq 17 yoshli vunderkind yangi transferlarning «qurboni»ga aylanmaydi. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» hujum pozitsiyasiga ikki nafargacha yangi futbolchi olib kelishga erishgan taqdirda ham, Ngumoa klub uchun «daxlsiz» statusini saqlab qoladi.

Rio Ngumoa «Liverpul»ning asosiy jamoasida jami 30 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 29 avgust kuni bu porloq iste'dod egasi 18 yoshni qarshi oladi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ