logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«MYu» Brunu Fernandeshni hech qaerga qo'yib yubormaydi

 14 AVGUST, 2026, 08:30

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Brunu Fernandesh bilan xayrlashish niyatida emas.

«Qizil iblislar» sardorining jamoadan ketishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq TEAMtalk manbasiga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, klub joriy transfer oynasida o'zining muhim o'yinchisini qo'yib yubormoqchi emas. Jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik portugaliyalik futbolchini loyihaning asosiy figurasi deb hisoblaydi. 31 yoshli futbolchining o'zi ham jamoada qolayotganidan mamnun.

Brunu Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan tuzgan mehnat shartnomasi keyingi yozda o'z nihoyasiga etadi, ammo unda bitimni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish bandi mavjud. O'tgan mavsumda yarim himoyachi mankunianliklar tarkibida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 22 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ