logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Liverpul» Bredli Barkola uchun 125 million evro to'laydi

 14 AVGUST, 2026, 08:12

«Liverpul» va «Pari Sen-Jermen» («PSJ») vinger Bredli Barkolaning transfer shartlari bo'yicha kelishuvga yaqinlashmoqda.

«Mersisaydliklar» frantsiyalik futbolchi bo'yicha muzokaralarda jiddiy ilgarilashga erishdilar: insayder Nikolo Skiraning ta'kidlashicha, Angliya grandi 23 yoshli futbolchini 125 million evroga sotib olishga juda yaqin turibdi. Futbolchining o'zi bilan 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma allaqachon kelishib olingan.

Taniqli Transfermarkt portali tomonidan Barkolaning bozor qiymati 90 million evroga baholanmoqda. Bredli «PSJ» va «Aston Villa» o'rtasidagi yaqinda bo'lib o'tgan va parijliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan UEFA Superkubogi o'yinida zaxira o'rindig'ida qolgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ