logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xulian Alvares jamoadoshlariga «xatoga yo'l qo'yganini» tan oldi

 14 AVGUST, 2026, 07:54

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares o'z xatti-harakatlaridan pushaymon.

Argentinalik futbolchi «Barselona»ga transfer qilinishiga erishmoqchi bo'lgan edi, biroq «matraschilar» o'z so'zida qat'iy turdi — ular «ko'k-anorranglilar» bilan muzokaralar olib borish niyatida emas. El Larguero ma'lumotlariga ko'ra, Alvares jamoadoshlariga xatoga yo'l qo'yganini aytgan. 26 yoshli futbolchi ilk bor o'zini noto'g'ri tutganini tan oldi. shuningdek, hujumchi «Atletiko» o'yinchisi bo'lib qolar ekan, maydonda bor kuchi bilan o'ynashda davom etishiga ishontirdi.

Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, «Barselona» hali ham yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olishdan umid uzgani yo'q.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ