logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Suzuki «PSJ»da qolib, Safonov bilan asosiy tarkib uchun kurashishi mumkin

 14 AVGUST, 2026, 07:54

«PSJ» yangi darvozabon — Zion Suzuki bilan shartnoma imzolanganini e'lon qilishga tayyorlanmoqda. Italiyaning «Parma» klubi yaponiyalik posbonning sotilishini allaqachon ma'qullagan.

Ma'lumki, parijliklar yangi xaridni mavsum oxirigacha «Yuventus»ga ijaraga berib yuborishga rozi, biroq 23 yoshli golkiperning o'zi jamoada qolish haqida o'ylamoqda, deb xabar beradi jurnalist Loik Tanzi. «PSJ»ning amaldagi zaxira darvozaboni Lyuka Shevale shu yozda jamoani tark etishi mumkin, shu sababli Sudzuki ijaradan voz kechib, Matvey Safonov bilan asosiy tarkibdan o'rin olish uchun kurash olib borishi ehtimoldan xoli emas.

Zion Suzukining transfer qiymati taxminan 35 million evroni tashkil etadi.

Yaqinda Luis Enrike shogirdlari «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag'lub etib, UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ