Ferran Torres «PSJ» bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi
14 AVGUST, 2026, 07:48
Jahon chempionati finalidagi yagona gol muallifi Ferran Torres «PSJ» klubini tanladi va parijliklar bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Bugun, juma kunining o'zidayoq futbolchi bu kabi kelishuvlar oldidan o'tkaziladigan tibbiy ko'rik singari rasmiy jarayonlardan o'tish uchun Parijga etib keladi.
Eslatib o'tamiz, Ferran Torres Evropaning eng yaxshi klubida to'p suradi — ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasida zafar quchgan parijliklar ayni damda shunday maqomga ega.
Ferran Torres sobiq jamoasi «Barselona» tarkibida umumiy hisobda 207 ta o'yinda maydonga tushgan.
