Gabriel Martinelli «Galatasaroy»ga o'tishni istamayapti
14 AVGUST, 2026, 07:42
Londonning «Arsenal» klubi vingeri Gabriel Martinellining «Galatasaroy»ga o'tishi amalga oshmasligi mumkin.
Turkiya klubi braziliyalik futbolchi uchun og'zaki ravishda 45 million evrolik taklif bildirdi. Jurnalist Sami Mokbelning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchining o'zi bu bitimga unchalik qiziqish bildirmayapti. Yaqinda «PSJ» ham ushbu o'yinchiga qiziqish bildirgan edi, biroq Parij grandi yakunda boshqa nomzodlarga e'tibor qaratdi.
Gabriel Martinellining bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan aynan 45 million evroga baholanmoqda. Braziliya terma jamoasi futbolchisining «kanonirlar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan bo'lib, u yana bir yilga avtomatik uzaytirilishi mumkin.
