logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ»ning yosh iste'dodi «Liverpul»ning short-listidan o'rin oldi

 14 AVGUST, 2026, 07:36

«Liverpul» «Pari Sen-Jermen» («PSJ») vingeri Ibraima Mbayega da'vogarlik qilmoqda. 18 yoshli futbolchi ko'proq maydonga tushish istagida bo'lgani sabab, joriy transfer oynasida parijliklar safini tark etishi juda ehtimoldan xoli emas. Jurnalist Romen Molinaning xabar berishicha, istiqbolli senegallik futbolchi «mersisaydliklar»ning short-listida bor, ammo u ustuvor variant hisoblanmaydi.

«Liverpul», shuningdek, «PSJ»ning yanada mashhurroq hujumchisi — Bredli Barkola uchun kurashda ham peshqadamlik qilmoqda. 23 yoshli frantsiyalik futbolchi Andoni Iraola jamoasiga o'tishga allaqachon rozilik bergan, biroq Parij grandining transfer bo'yicha talablarini qondirish oson bo'lmaydi.

Transfermarkt portalida Mbaye va Barkolyaning transfer qiymati mos ravishda 30 va 90 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ