Ispaniyada Rodrining «Barselona»ga o'tishi muqarrar deb hisoblanmoqda
14 AVGUST, 2026, 07:36
Ispaniyada «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining «Barselona»ga o'tishi muqarrar deb hisoblanmoqda.
Bugun klublar o'rtasida yangi muzokaralar o'tkazilishi rejalashtirilgan. «Ko'k-anorranglilar» navbatdagi taklifni yuborishadi va bu taklif «shaharliklar»ni to'liq qanoatlantirishi kutilmoqda.
«Rodri aniq «Barselona»da o'ynaydi. Deku 60 million evro va yana 10 million evro bonus sifatida taklif qilishni rejalashtirmoqda. Klubdagilar futbolchi dushanba kuniyoq Barselonaga uchib kelishi mumkin deb hisoblashmoqda», — dedi BarcaTimes manbasiga tayanib jurnalist Nil Sola.
Payshanba kuni Rodri Angliyaga uchib keldi — u Liverpul aeroportida ko'rinish bergan. 30 yoshli yarim himoyachi transfer haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.
