logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Neymardan ikkita assist: «Santos» Janubiy Amerika kubogi 1/8 finalining ilk o'yinida «Makara»ni mag'lub etdi (Videosharh)

 14 AVGUST, 2026, 07:24

«Santos» Janubiy Amerika kubogi (Copa Sudamericana) 1/8 finalining dastlabki o'yinida «Makara»dan ustun keldi — 2:1. Uchrashuv Braziliyadagi «Vila Belmiro» stadionida bo'lib o'tdi.

5-daqiqada Ekvador klubi hisobni ochdi — Franko Posse gol muallifiga aylandi. Tanaffus oldidan mezbonlar hujumchisi Gabriel Barboza muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Villian Arao «Santos»ga g'alaba keltirgan golni urdi. Braziliyaliklarning ikkala golida ham o'z hisobiga ikkita golli uzatma yozdirib qo'ygan Neymar faol ishtirok etdi.

Javob o'yini bir haftadan so'ng, 21 avgust kuni Ekvadorda bo'lib o'tadi.

Janubiy Amerika kubogi 1/8 final. Birinchi o'yin

«Santos» (Braziliya) — «Makara» (Ekvador) — 2:1 (1:1)

Gollar: Posse 5' (0:1), Gabriel 44' (1:1), Arao 76' (2:1).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ