logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Markinosning o'rinbosari: «PSJ» «Barselona»ning 100 millionlik iqdorini nishonga oldi

 14 AVGUST, 2026, 07:24

Tuttosport nashrining xabar berishicha, «PSJ» «Barselona» himoyachisi Pau Kubarsining transferiga qiziqmoqda.

Manbaga ko'ra, Parij klubi prezidenti Nasser Al-Xelayfiy 19 yoshli ispaniyalik futbolchini jamoa sardori Markinosning kelajakdagi o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

Avvalroq Kubarsi Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan va turnirning eng yaxshi himoyachisi deb tan olingan edi.

2025/26 yilgi mavsumda u «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Uning «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 100 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ