logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Atletik» jahon chempioni bo'lgan futbolchilari uchun maxsus marosim o'tkazadi

 14 AVGUST, 2026, 00:48

Bilbaoning «Atletik» klubi Ispaniya chempionatining yangi mavsumini o'z maydonida boshlaydi. Jamoa 22 avgust kuni «Sevilya»ni qabul qiladi.

Uchrashuv boshlanishidan avval klub safida to'p suradigan va Ispaniya milliy jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan uch nafar futbolchi sharafiga maxsus tantanali marosim o'tkaziladi.

Gap Unai Simon, Inyaki Uilyams va Aymerik Lyaport haqida ketmoqda. Klub ushbu futbolchilarning milliy jamoa safida erishgan katta yutug'ini alohida nishonlashni rejalashtirgan.

Shuningdek, Ispaniya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis de la Fuentega ham alohida hurmat ko'rsatiladi. U o'z vaqtida futbolchi sifatida «Atletik» safida ham to'p surgani bois Bilbao klubi uchun begona emas.

Eslatib o'tamiz, «Atletik» uchun o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida omadsiz kechdi. Bilbaoliklar mavsumni turnir jadvalining 12-pog'onasida yakunladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ