logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Arsenal» eski transfer maqsadi bo'yicha muzokaralarni qayta boshladi

 14 AVGUST, 2026, 00:24

Londonning «Arsenal» klubi «Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsa transferi bo'yicha muzokaralarni qayta boshladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, «Arsenal» dastlab 28 yoshli angliyalik futbolchi uchun taxminan 35 mln evro taklif qilgan. Biroq «Aston Villa» ushbu taklifni rad etgan.

Birmingem klubi hozircha Konsani sotishdan manfaatdor emas va uni jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Jeykobsning ma'lum qilishicha, «Aston Villa» pozitsiyasini faqat 70 mln evro yoki undan yuqori miqdordagi taklif o'zgartirishi mumkin.

Konsaning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalar doirasida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 1 marta sariq kartochka va 1 marta qizil kartochka olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ