logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Beshiktosh» va «Fenerbaxche» Evropa ligasi saralashining hal qiluvchi pley-off bosqichiga chiqdi

 14 AVGUST, 2026, 00:12

Evropa ligasi uchinchi saralash bosqichining bir qator javob uchrashuvlari payshanba kuni yakunlandi.

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi o'z maydonida «Gradets Kralove»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Vatslav Cherni tomonidan kiritildi. Golga Junior Olayitan assistentlik qildi.

Shu tariqa, «Beshiktosh» Evropa ligasi saralashining hal qiluvchi — pley-off bosqichiga yo'l oldi. Turkiyaning yana bir klubi «Fenerbaxche» ham saralashdagi yurishini davom ettirib, pley-off bosqichiga chiqdi.

Kiprning «Omoniya» klubi ham «Linkoln»ni minimal hisobda mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Shuningdek, Avstriyaning «Zaltsburg» klubi Kiprning «Pafos» jamoasi to'sig'idan o'tib, saralash pley-offi ishtirokchisiga aylandi.

Vengriyaning «Ferentsvarosh» klubi ham o'z muxlislarini xursand qildi. Jamoa ikki uchrashuv natijasiga ko'ra «Gurnik» qarshiligini sindirib, Evropa ligasi saralashidagi kurashni davom ettiradigan bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ