Vlaxovichning "Beshiktosh"da qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi
13 AVGUST, 2026, 22:06
"Beshiktosh" o'z rasmiy saytida hujumchi Dushan Vlaxovich bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. 26 yoshli serbiyalik futbolchi Turkiya klubiga erkin agent sifatida qo'shildi.
Vlaxovich "Beshiktosh" bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Klub bayonotida qayd etilishicha, futbolchining har bir mavsum uchun kafolatlangan maoshi 7,5 million evroni tashkil qiladi.
Dushan Vlaxovich faoliyati davomida "Partizan", "Fiorentina" va "Yuventus" klublarida to'p tepgan. Endi serbiyalik hujumchi o'zini Turkiya chempionatida sinab ko'radi.
Payshanba kuni "Beshiktosh" Evropa ligasi saralash bosqichida "Gradets-Kralove"ni o'z maydonida qabul qiladi.
