logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nikolas Jekson "Chelsi"da qolib, tarkib uchun kurashishga tayyor

 13 AVGUST, 2026, 21:48

"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson Xabi Alonso qo'l ostida tarkibdagi o'rni uchun kurashishga va London klubida qolishga tayyor. Bu holat "Aston Villa" hamda nomi oshkor etilmagan Ispaniya klubi qiziqishiga qaramay yuz bermoqda, deya xabar beradi The Sun.

25 yoshli senegallik futbolchi "Chelsi"ga qaytdi va Osiyodagi mavsumoldi turneda jamoadoshlari hamda murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirdi.

Jeksonga Xabi Alonso qo'l ostida ishlash ma'qul kelgan. Agar unga kelasi mavsum uchun jamoada muayyan rol taklif etilsa, futbolchi "Chelsi"da qolish imkoniyatidan foydalanishga tayyor.

Avvalroq italiyalik jurnalist Nikolo Skira Jekson "Aston Villa"ga o'tishga rozi ekanini ma'lum qilgan edi.

O'tgan mavsum futbolchi "Bavariya" safida ijara asosida to'p tepdi. U Bundesligada 22 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ