Superliga. "Neftchi" Vodiy derbisida "Andijon"ni yirik hisobda engdi
13 AVGUST, 2026, 21:12
Superliga 17-turida "Neftchi" safarda "Andijon" mehmoni bo'ldi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yin birinchi bo'limida hisob ochilmadi - 0:0.
Ikkinchi bo'lim boshida, 51-daqiqada mezbonlar sardori Usmonali Ismonaliev maydondan chetlatildi. Oradan ikki daqiqa o'tib, 53-daqiqada Alisher Odilov hisobni ochdi, 81-daqiqada Stipe Peritsa jamoasining ikkinchi golini kiritgan bo'lsa, 90+2-daqiqada Koffi Kuao farg'onaliklar safidagi debyut o'yinida ilk goli bilan bahsga yakuniy nuqtani qo'ydi - 3:0.
"Neftchi" 42 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. "Andijon" 21 ochko bilan 8-pog'onada.
