logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Islam Maxachevga Konorga qarshi boks jangi taklif qilindi

 13 AVGUST, 2026, 20:32

Dana Uaytning boks sohasidagi ishbilarmon hamkori bo'lgan taniqli boks promouteri Turki Al ash-SHayx Islam Maxachevdan Konor Makgregorga qarshi boks bo'yicha jang o'tkazish uchun dastlabki rozilikni oldi.

Rossiyalik jangchi bu taklif haqida "UFC Eurasia"ga bergan intervyusida so'zlab berdi.

"Makgregor masalasi yopilgani yo'q. Hozir bizda yangi reja bor. Yaqinda men "Zuffa Boxing" turniriga bordim, u erda Turki Al ash-SHayx o'tirgan edi. U Konorga qo'ng'iroq qilib, boks jangi o'tkazamizmi yoki yo'q, deb so'radi. Men albatta, deb javob berdim. "Dana Uaytning o'zidan so'ra", dedim. Uayt ham yonimizda o'tirgan edi. To'liq gaplashib olishning imkoni bo'lmadi, lekin nega endi yo'q? O'zimni yuqori darajadagi bokschi deb hisoblamayman, lekin istalgan jangchi bilan stoykada (tik turgan holda) bemalol jang qila olaman", – dedi Maxachev.

UFC engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev shu dam olish kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida oktagonga qaytadi. Turnirning asosiy voqeasida u o'z chempionlik kamarini irlandiyalik Yen Machado Gerridan himoya qiladi.

Konor Makgregor esa yaqinda Maks Xolloueyga qarshi jangda olgan tizzasidagi jarohati tufayli operaciya qilindi va endi uni uzoq muddatli tiklanish jarayoni kutmoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ