Konate o'zining eng asosiy iqtidori nimada ekanini aytdi
13 AVGUST, 2026, 20:30
«Real»ning yangi futbolchisi Ibraima Konate o'zining eng asosiy iqtidori haqidagi savolga javob berdi. Frantsiyalik himoyachi Madrid klubiga erkin agent maqomida «Liverpul»dan ko'chib o'tgan edi.
«Mening eng asosiy iqtidorim? Men hammani kuldira olaman», — deya Konatening so'zlarini keltirmoqda «Real» matbuot xizmati.
Ibraima Konate 2021 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Frantsiyalik futbolchi Madrid klubi bilan 2030 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
