logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Gavi, Pedri, Balde va Fort operatsiyadan so'ng Bardjining holidan xabar olishdi

 13 AVGUST, 2026, 20:24

«Barselona» futbolchilari tizzasidagi xochsimon paylari uzilishi sababli operatsiya qilingan Runi Bardjini shifoxonada borib ko'rishdi.

20 yoshli vinger mashg'ulotlar vaqtida olgan jarohatidan so'ng muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Uning 6–7 oyga safdan chiqqani xabar qilingan edi.


Shvetsiyalik futbolchi shifoxona palatasida Gavi, Pedri, Aleks Balde va Ektor Fort bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.

«Sizlarni yaxshi ko'raman, yigitlar, kelganingiz uchun rahmat», — deya izoh qoldirdi Bardji.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ