«Real»ning yangi a'zosi Mourinoda katta taassurot qoldirdi
13 AVGUST, 2026, 20:24
«Real»ning yangi xaridi Yan Diomande mashg'ulotlarda ajoyib harakat qilmoqda. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, ivuarlik futbolchi o'zining o'yin qobiliyati bilan jamoadoshlarida katta taassurot qoldirgan. Shuningdek, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourino ham vingerning mehnatsevarligidan juda mamnun.
Eslatib o'tamiz, Yan Diomandening «Leyptsig»dan «Real»ga o'tishi Madrid klubi tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. «Real» 19 yoshli futbolchi uchun (bonuslarni hisobga olgan holda) 140 million evro to'ladi.
