Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to'rtta rekordini rasman ro'yxatga oldi
13 AVGUST, 2026, 20:18
«Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holandga Ginnessning rekordlar kitobidan to'rtta sertifikat topshirildi. Tegishli ma'lumot ma'lumotnomaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida paydo bo'ldi. Bu yutuqlarda asosiy e'tibor futbolchining sermahsulligiga qaratilgan.
/i/n/j/17866292201980017709.jpg)
Shu tariqa, Ginnessning rekordlar kitobida endilikda Holandning birdaniga to'rtta rekordi rasman ro'yxatga olindi:
Millatlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar — 19 ta gol;
Angliya Premer-ligasi tarixida 100 ta golni eng tez urgan futbolchi — 111 ta o'yinda;
APLda bir mavsumda urilgan gollar soni bo'yicha rekordchi — 2022/2023 yilgi mavsumda 36 ta gol;
Chempionlar ligasining bitta o'yinida urilgan beshta gol.
