Habib: «Messisiz Ronaldu, Ronaldusiz Messi shunday bo'larmidi?»
13 AVGUST, 2026, 20:06
Taniqli jangchi Habib Nurmagomedov Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasidagi ko'p yillik raqobat haqida fikr bildirdi.
«Men «Real» muxlisi bo'lganim uchungina Messining yutuqlarini inkor etmayman. Men bir-biridan ustun qo'ymayman. Agar Ronaldu bo'lmaganida, Messi shunday Messi bo'larmidi? Messi bo'lmaganida, Ronaldu shunday Ronaldu bo'larmidi? Bu juda katta savollar. Ishonchim komilki, ular bir-birlarini kuzatib borishgan. Eng yaxshi bo'lish uchun bir-birlarini doimo oldinga undashgan. Ularning ikkalasi ham juda katta hurmatga loyiq», — dedi Habib Leks Fridman podkastiga asoslanib Kimura nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Lionel Messi faoliyati davomida 8 ta «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan bo'lsa, Krishtianu Ronaldu 5 taga ega chiqqan.
