Lukaku "Fenerbaxche"ga o'tish uchun o'z cho'ntagidan ham pul to'ladi
13 AVGUST, 2026, 19:42
Hujumchi Romelu Lukaku faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. Avvalroq "Fenerbaxche" belgiyalik forvardning transferini rasman e'lon qilgan edi. Turk klubi direktori Oguz Chetinning aytishicha, muzokaralar jarayonida Lukaku katta yon berishlarga tayyor bo'lgan.
"Lukaku o'z manfaatlari bilan bog'liq masalalarda shaxsiy qurbonliklarga bordi. Bu ham "Napoli" bilan muzokaralarda, ham ularning bizga qo'ygan talablarini hisobga olganda yaqqol ko'rindi. U 2 million evrodan voz kechdi va hatto bundan ham ortig'iga borib, qo'shimcha 150 ming evro talab qilgan klubga bu pulni o'z cho'ntagidan to'ladi", — dedi Chetin.
33 yoshli Romelu Lukaku "Napoli"dan "Fenerbaxche"ga ko'chib o'tdi.
