Rodri "Manchester Siti"dan ketishini osonlashtirishni so'radi
13 AVGUST, 2026, 19:30
"Barselona" yarim himoyachi Rodrini transfer qilish bo'yicha yakuniy taklif tayyorlamoqda. Bu futbolchining o'zi "Manchester Siti"dan uning ketishiga to'sqinlik qilmaslikni so'ragani fonida yuz bermoqda. Ispaniyaning Sport nashri yozishicha, 30 yoshli xavbekning bunday pozitsiyasi muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.
Muzokaralarga yaqin manbalarning ma'lum qilishicha, "Barselona" taklifning kafolatlangan qismini 65 million evrogacha oshirishi mumkin. Yana 10 million evro turli bonuslar ko'rinishida shartnomaga kiritilishi rejalashtirilgan.
Ushbu bonuslarning yarmi — 5 million evro — nisbatan oson bajariladigan shartlarga bog'lanadi.
Rodri 2024 yilda "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan.
