logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Yuventus» «PSJ» bilan to'liq kelishuvga erishdi

 13 AVGUST, 2026, 18:36

Tuttosport xabariga ko'ra, «Yuventus» yaponiyalik darvozabon Zion Suzukini kelasi yilning iyuniga qadar ijaraga olish bo'yicha «PSJ» bilan to'liq kelishuvga erishdi.

Transferning so'nggi tafsilotlarini rasmiylashtirish biroz kechikdi. Bunga Luis Enrike jamoasining Zaltsburgda UEFA Superkubogi finalida «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushgani sabab bo'ldi. «PSJ» mutasaddilari o'yin vaqtida darvozabonlardan biri jarohat olishi ehtimolini hisobga olib, transfer haqidagi e'lonni uchrashuvdan keyinga qoldirishga qaror qildi.

Endi bu masala hal bo'lgach, «Pari Sen-Jermen» Suzukini «Parma»dan bonuslar bilan birga 36 million evro evaziga to'liq sotib olish jarayonini yakunlaydi.

Parijda tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgach, darvozabon dam olish kunlari Turinga yo'l oladi va «Yuventus» bilan ijara shartnomasini imzolaydi.

Futbolchi ham transferga yakuniy roziligini bergan. Chunki u Frantsiyada qolgan taqdirda «PSJ» tarkibida Matvey Safonovdan keyingi zaxira darvozaboni bo'lishini tushunib etgan.

Kelishuvga ko'ra, Suzukining maoshini «Yuventus» va «PSJ» teng ulushda to'laydi. Bundan tashqari, Evropa chempioni futbolchining kelgusi mavsumdagi texnik rivojlanishi uchun «Yuventus»ga qo'shimcha to'lov ham amalga oshiradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ