logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

La Liga 1-turidan o'rin olgan «Selta» — «Osasuna» o'yini maydon holati sababli qoldirildi

 13 AVGUST, 2026, 18:24

La Liganing 1-turidan o'rin olgan «Selta» va «Osasuna» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Vigodagi stadion maysasining holati yomonlashgani sababli qoldirildi.

O'yin 16 avgust kuni «Balaidos» stadionida bo'lib o'tishi kerak edi. Ko'chirishga maydon gazoniga infektsiya tushgani va buning oqibatida maydon o'yin o'tkazish uchun yaroqsiz holga kelib qolgani sabab bo'ldi.

«O'tgan haftada La Liga tomonidan o'tkazilgan tekshiruv davomida maydonni zararlagan kasalliklarni yo'qotish bo'yicha qilingan ishlar va maysaning sport uchun talab qilinadigan sifat hamda xavfsizlik standartlariga mos kelishi tasdiqlangan edi. Biroq so'nggi kunlardagi ob-havo sharoiti o'yin maydoni holatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi, bu esa uchrashuvni ko'chirish bo'yicha qaror qabul qilinishiga olib keldi», — deyiladi «Selta» bayonotida.

Xabar qilinishicha, ushbu uchrashuv 27 avgustga ko'chirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ