logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Flikning rejalariga kirmagan futbolchiga 10 dan ortiq klubdan taklif bor

 13 AVGUST, 2026, 18:18

Matteo Morettoning Solofichajes123 nashriga tayanib xabar berishicha, «Barselona» o'ng qanot himoyachisi Ektor Fort bilan xayrlashish evaziga 20 million evro talab qilmoqda.

Agar kataloniyaliklar futbolchi huquqlarining 50 foizini o'zlarida saqlab qolishni istashsa, ushbu narx 10 million evrogacha tushishi mumkin.

Bosh murabbiy Xansi Flik Xavi Espartni asosiy tarkibga o'tkazish va unga tayanishni afzal ko'rib, Fortni o'z rejalaridan chiqarib tashladi. Shundan so'ng futbolchiga o'ziga yangi klub topish topshirildi.

O'tgan mavsumni ijara asosida «Elche»da o'tkazgan 20 yoshli himoyachiga kamida o'nta klubdan, jumladan, Dortmundning «Borussiya»si hamda Angliya, Ispaniya va Italiya jamoalaridan takliflar tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ