logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Astana CHellenjeri. Sergey Fomin ham g'alabali yurishini davom ettirmoqda

 13 AVGUST, 2026, 18:16

Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha CHellenjer tasnifiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda.

Musobaqada ishtirok etayotgan mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Sergey Fomin nimchorak final bosqichida kortga chiqdi. Unga Tailand vakili, 25 yoshli Kasidit Samrey raqiblik qildi.

1 soat, 30 daqiqa davom etgan o'yinda turnirda uchinchi raqam ostida saralangan Fomin 2:0 (6/1, 6/4) hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo'l oldi.

Malumot uchun, 25 yoshli Sergey Fomin hozirda dunyo reytingida 305-o'rinni egallab turibdi. Uning keyingi raqibi, yaponiyalik 27 yashar Masamichi Imamura esa bu reytingda 415-o'rinda qayd etilgan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ