logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

La Liga «aqlli» to'plardan foydalanadigan birinchi milliy ligaga aylanadi

 13 AVGUST, 2026, 18:12

La Liga 2026/27 yilgi mavsumning barcha o'yinlarida Connected Ball («aqlli» to'p) texnologiyasini keng ko'lamda joriy etishini e'lon qildi.

Liganing rasmiy saytida xabar qilinishicha, PUMA va KINEXON kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu tizim VAR hamda ofsaydni yarim avtomat aniqlash tizimi (SAOT) bilan birgalikda ishlaydi.

Puma’ning rasmiy to'pi ichiga KINEXON radiochastotali datchigi joylashtirilgan bo'lib, u to'pning joylashuvini va har bir teginishning aniq vaqtini real vaqt rejimida kuzatib boradi. Ma'lumotlar har bir stadionga o'rnatilgan 12 ga yaqin antennalar tarmog'i orqali uzatiladi.

Ushbu texnologiya ofsayd, qo'l bilan o'ynash, rikoshetlar, burchak to'plari va qayta teginishlar bilan bog'liq vaziyatlarda qarorlar aniqligini oshirishi kutilmoqda. Bundan tashqari, La Liga kelajakda translyatsiyalar, raqamli mahsulotlar va statistik tahlillar uchun ishlatiladigan xBALL rasmiy ma'lumotlar to'plamini ishga tushiradi.

Mavsum boshlanishidan oldin hakamlar va VAR rasmiylari maxsus tayyorgarlikdan o'tishadi. 2027/28 yilgi mavsumdan e'tiboran Connected Ball texnologiyasi Ispaniyaning ikkinchi divizionida (Segunda) ham qo'llanilishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ