logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Messi otasining dafn marosimini suratga olgan argentinalik jurnalistlarni sudga beradi

 13 AVGUST, 2026, 18:12

Jurnalist Fran Kasarettoning xabar berishicha, Lionel Messi otasi Xorxe Messining dafn marosimida oilasining shaxsiy hayot daxlsizligi buzilgani uchun Argentina ommaviy axborot vositalariga qarshi qonuniy chora ko'rishini (sudga berishini) tasdiqladi.

Xorxe bilan xayrlashuv marosimi yakshanba kuni Rosario shahrida bo'lib o'tdi. So'nggi manzilga kuzatish marosimi faqat oila a'zolari va yaqin do'stlar davrasida, yopiq tarzda o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq OAV vakillari dafn marosimi davomida Messi va uning oilasini suratga va videoga olishgan. Keyinchalik ushbu tasvirlar internetda tarqalib ketdi.

Xorxe Messi uzoq davom etgan xastalikdan so'ng 68 yoshida vafot etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ