logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Zabarniy UEFA Superkubogi bilan tushilgan «PSJ»ning umumiy suratidan Safonovni qirqib tashladi

 13 AVGUST, 2026, 17:12

«PSJ» himoyachisi Ilya Zabarniy Evropa Superkubogi bahsidagi g'alabadan so'ng jamoaviy suratdan Matvey Safonovni qirqib tashladi.

Parijliklar «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag'lub etib, trofeyni qo'lga kiritishdi. Safonov asosiy tarkibda maydonga tushdi va raqibning uchta zarbasini qaytardi, Zabarniy esa zaxirada qoldi.

O'yindan so'ng Zabarniy Instagram sahifasiga «PSJ»ning sovrin bilan tushgan umumiy jamoaviy suratini joyladi. U tasvirni ikki qismga bo'lib, rossiyalik darvozabon aks etgan kadr qismini qirqib tashlagan. Keyinchalik Ukraina terma jamoasi futbolchisi postni tahrirlab, faqat o'zining suratlarini qoldirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ