logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Galatasaroy»ga Osimxen uchun 130 mln evro taklif qilishdi

 13 AVGUST, 2026, 16:48

«Galatasaroy»ning nigeriyalik forvardi Viktor Osimxen Saudiya Arabistoni vitse-chempionining e'tiborini tortmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, «Al-Hilol» bilan bog'liq vositachi «Galatasaroy»ga Osimxen uchun ogzaki ravishda 130 million evro taklif qilgan. Barchasiga qaramay, ayni damda Turkiya klubi nigeriyalik futbolchi bo'yicha hech qanday muzokaralarga kirishishni rejalashtirmagani ta'kidlanmoqda.

O'tgan yozda «Galatasaroy» Osimxenni «Napoli»dan 75 million evroga sotib olgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda forvard barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ