logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ispaniya Superkubogi Turkiyada bo'lib o'tadi

 13 AVGUST, 2026, 16:30

2027 yilda Ispaniya Superkubogi o'yinlari Saudiya Arabistonida emas, Turkiyada o'tkaziladi. Bu haqda Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, yangi mavsumda turnir odatdagi yanvar sanalari o'rniga 2–7 fevral kunlari Istanbulda bo'lib o'tadi. Sovrin uchun an'anaga ko'ra to'rtta jamoa — «Barselona», «Real», «Atletiko» va «Real Sosedad» kurash olib boradi.

O'tgan mavsumda Ispaniya Superkubogi egasi «Barselona» bo'lgan edi. Xans-Diter Flik jamoasi yarim finalda «Atletik»ni tor-mor etgan (5:0), so'ng «Real»ni mag'lub etgan edi (3:2). Ta'kidlash joizki, kataloniyaliklar ketma-ket ikkita Superkubok turnirida zafar quchishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ