«Inter»ning sobiq himoyachisi Acherbi faoliyatini RPLda davom ettirishga tayyor
13 AVGUST, 2026, 15:54
«Inter»ning sobiq himoyachisi Franchesko Acherbining agenti Federiko Pastorello o'z mijozining Rossiya Premer-ligasida (RPL) o'ynash ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
«Ha, ko'ramiz. Biz bu kabi variantlarni ko'rib chiqishga tayyormiz», — dedi agent.
Eslatib o'tamiz, Acherbi shu yozda «Inter»ni tark etdi va hozirda erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
