logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Galatasaroy» «Tottenxem» o'yinchisi bo'yicha taklif jo'natdi

 13 AVGUST, 2026, 15:42

Londonning «Tottenxem» klubi hujumchisi Matis Tel joriy yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli frantsuzning taklifiga «Galatasaroy» va «Portu» qiziqish bildirmoqda. Turkiya chempioni «shporlar»ga futbolchini 24,6 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olish uchun taxminan uch million evro taklif qilgani ta'kidlanmoqda. Portugaliya klubi ham hujumchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Manbaga ishoniladigan bo'lsa, Telning o'zi muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlagani uchun «Tottenxem»dan ketishni talab qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda «Galatasaroy» futbolchi uchun eng ma'qul variant bo'lib turibdi.

O'tgan mavsumda Tel barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va ikkita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ