Mareska Entso Fernandesni «Manchester Siti»da ko'rishni xohlamoqda
13 AVGUST, 2026, 15:42
«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes yaqin kunlarda klubini o'zgartirishi mumkin.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ta'kidlashicha, «Manchester Siti» Fernandesni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bunda «shaharliklar» transfer xarajatlarining katta qismini Rodri Ernandes va Tijani Reyndersning sotuvi hisobidan qoplashlari mumkin.
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska argentinalik futbolchi bilan qayta birlashmoqchi, ammo buning uchun klub rahbariyati juma kuni kechgacha «ko'klar»ga rasmiy taklif yuborishi kerak — «Chelsi»ning sharti shundan iborat. London klubi o'z yulduzini 140 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
