logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Markinos «PSJ» bilan 40-kubokni qo'lga kiritdi

 13 AVGUST, 2026, 14:30

Chorshanba, 12 avgust kuni «PSJ» UEFA Superkubogi-2026 uchun kechgan o'yinda «Aston Villa»ni mag'lub etdi (2:1). Parijliklarning markaziy himoyachisi va sardori Markinos uchun bu jamoa tarkibidagi 40-trofey bo'ldi.

32 yoshli braziliyalik «PSJ» bilan birga Liga 1 (11), Frantsiya kubogi (8), Liga kubogi (6), Frantsiya Superkubogi (10), Chempionlar ligasi (2), UEFA Superkubogi (2) va Qit'alararo kubokni (1) qo'lga kiritgan. Futbolchi klub tarixidagi eng sovrindor o'yinchi hisoblanadi.

Markinos uchun ushbu kubok faoliyatidagi 41-titul bo'ldi. Shu tariqa, futbol tarixidagi sovrinlar soni bo'yicha braziliyalik Dani Alvesga (41) etib oldi va faqat Lionel Messidan (45) ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ