Zidan Frantsiya terma jamoasidagi faoliyati uchun o'z shtabini shakllantirdi
13 AVGUST, 2026, 14:24
Frantsiya futbol federatsiyasi yangi bosh murabbiy Zinedin Zidan tomonidan shakllantirilgan milliy terma jamoa murabbiylar shtabi tarkibini e'lon qildi.
23 kishidan iborat ro'yxatdan 1998 yilgi jahon chempioni Faben Bartez ham o'rin oldi. U darvozabonlarni shug'ullantiradi. Zidanning yordamchisi bo'lib «Real Madrid»da u bilan birga ishlagan David Bettoni tayinlandi.
Shuningdek, Gregori Dyuponning strategiya va samaradorlik bo'yicha maslahatchi lavozimiga tayinlanganini ta'kidlash mumkin. Ushbu mutaxassis Dide Desham davrida ham jamoaga yordam bergan va «Real»da ham faoliyat yuritgan.
25 sentyabr kuni Frantsiya terma jamoasi Millatlar ligasining yangi mavsumidagi ilk o'yinini o'tkazadi. Ularning raqibi Turkiya bo'ladi. Shuningdek, frantsuzlar bilan bir guruhdan belgiyaliklar va italiyaliklar o'rin olishgan.
