logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Lukaku transferi «Napoli» hisob-kitoblariga qanday ta'sir qiladi?

 13 AVGUST, 2026, 13:30

Romelu Lukakuning «Fenerbaxche»ga o'tishi rasman tasdiqlandi. 33 yoshli belgiyalik hujumchi «Napoli» va Italiyani tark etib, faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Klublar o'rtasidagi kelishuv taxminan 6 million evro evaziga amalga oshirildi. Bundan tashqari, 2026/27 yilgi mavsumda futbolchining shaxsiy ko'rsatkichlari va jamoaviy natijalarga qarab yana 1 million evrogacha bonus to'lanishi mumkin.

Futbol biznesi va moliyasiga ixtisoslashgan Calcio&Finanza sahifasi transferning «Napoli» hisob-kitoblariga qanday ta'sir qilishini tahlil qildi.

Ma'lumotga ko'ra, 2026 yil 30 iyun holatiga Lukakuning klub balanslaridagi qoldiq qiymati 6,1 million evroni tashkil etgan. Bunga «Napoli» hujumchi shartnomasining so'nggi yili uchun to'lashi kerak bo'lgan 6 million evro sof maoshdan qutulishini ham qo'shish lozim. Soliqlar bilan hisoblaganda bu summa taxminan 7,8 million evroga teng.

Shu tariqa, Lukakuning ketishi «Napoli» moliyaviy hisobotlariga jami qariyb 13,8 million evro ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Biroq bu summadan 2,45 million evro chegirib tashlanadi. Sababi, Lukaku «Chelsi»dan «Napoli»ga o'tgan paytdagi kelishuvga muvofiq, futbolchining keyingi sotuvidan tushadigan mablag'ning 40 foizi London klubiga tegishi kerak.

Natijada «Napoli» Lukakuning «Fenerbaxche»ga transferi orqali umumiy hisobda taxminan 11,5 million evro iqtisod qilishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ