logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Roma»ning Rodrigu Mora transferi bo'yicha muzokaralari to'xtab qoldi

 13 AVGUST, 2026, 13:24

«Roma»ning «Portu» yarim himoyachisi Rodrigu Morani qo'shib olish bo'yicha deyarli yakunlangan transferi kutilmagan o'zgarishlar sabab to'xtab qoldi.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko'ra, Rim klubi 19 yoshli portugaliyalik futbolchini 7 million evro evaziga ijaraga olish va keyinchalik 43 million evroga sotib olish imkoniyatini nazarda tutuvchi kelishuvni yakunlashga tayyor edi.

Xarid optsiyasining amalga oshishi bir qator shartlarga bog'liq bo'lishi kerak edi. Ular orasida Moraning jamoa uchrashuvlarining kamida 60 foizida ishtirok etishi va «Roma»ning keyingi mavsum Chempionlar ligasiga yo'llanma olishi ham bor edi.

Biroq «Portu» prezidenti Andre Villash-Boash mazkur shartlarni engilroq bajariladigan ko'rinishga o'zgartirishni talab qildi. Shuningdek, u muzokaralarning bir bosqichida ijara variantini rad etib, futbolchi uchun to'liq summani bir yo'la to'lashni talab qilgani xabar qilinmoqda.

Shu tariqa, hozircha transfer bo'yicha muzokaralar vaqtincha to'xtagan. Endi tomonlar murosa variantini topish uchun muzokaralarni qayta tiklaydimi yoki yo'qmi — bunisi noma'lum.

Shu bilan birga, Rodrigu Mora «Roma» bilan shaxsiy shartlar bo'yicha allaqachon kelishuvga erishgan. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ