ESPN Evropaning eng yaxshi klub murabbiylari reytingini e'lon qildi
13 AVGUST, 2026, 13:06
ESPN Evropaning eng yaxshi klub murabbiylari bo'yicha yangilangan reytingini e'lon qildi. Ro'yxatdan jami 30 nafar mutaxassis o'rin olgan.
Reytingning birinchi pog'onasini «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike egalladi. Uning jamoasi o'tgan mavsumda yana Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi.
Ikkinchi o'rin Pep Gvardiolaga nasib etdi. Ispaniyalik mutaxassis «Manchester Siti»dagi ko'p yillik faoliyatini chempionatda ikkinchi o'rin va Angliyaning ikki kubok musobaqasidagi g'alabalar bilan yakunladi.
Kuchli uchlikni Mikel Arteta to'ldirdi. U «Arsenal»ni 22 yillik tanaffusdan so'ng ilk bor Angliya chempionligiga olib keldi.
Shuningdek, top-10 dan Xans-Diter Flik («Barselona»), Unai Emeri («Aston Villa»), Jan Pero Gasperini («Roma»), Xabi Alonso («Chelsi»), Arne Slot (klubsiz), Vensan Kompani («Bavariya») va Kristian Kivu («Inter») ham joy oldi.
«Real»ga qaytgan Joze Mourino esa reytingda atigi 24-o'rinni egalladi.
