logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Biz shou-biznes olamida yashayapmiz». Platini «PSJ» va «Bavariya»ning 5:4 hisobidagi o'yinini tanqid qildi

 13 AVGUST, 2026, 12:48

Frantsiya terma jamoasining sobiq sardori va UEFAning eks-prezidenti Mishel Platini «PSJ» hamda «Bavariya» o'rtasidagi 5:4 hisobida yakunlangan sermahsul uchrashuv nega unda katta taassurot qoldirmaganini tushuntirdi.

«Chempionlar ligasi yarim finalining «PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi birinchi uchrashuvi 5:4 hisobida yakunlanganidan keyin odamlar uni «asr o'yini» deb atashdi. Shaxsan menga javob bahsidagi 1:1 hisobli durang ko'proq yoqdi.

Darvozabonlar xuddi g'alvirdek, himoyachilar esa undan ham yomon. Ular jami to'qqizta gol o'tkazib yuborishdi, biz esa buni «asr o'yini» deb atayapmizmi? Biz haqiqatan ham shou-biznes olamida yashayapmiz.

Himoyadagi yaxshi o'yin yoki darvozabonning ajoyib seyvi ham urilgan gol kabi qimmatli. Bundan tashqari, dunyoda ikki milliard kishi futbol haqida gapiradi va o'z his-tuyg'ularini ifoda etadi. Men ham shu ikki milliard kishidan biriman va har doim ham haq bo'lavermasligim mumkin», — deya Platinining so'zlarini keltiradi L’Equipe.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumgi Chempionlar ligasi yarimfinalining birinchi o'yinida Parij klubi «Bavariya»ni 5:4 hisobida mag'lub etgan. Javob uchrashuvi esa 1:1 hisobida yakunlangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ