logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Monako" Balogun uchun qancha so'rayotgani ma'lum

 13 AVGUST, 2026, 12:36

"Monako" hujumchisi Folarin Baloguning transfer qiymati ma'lum bo'ldi.

L'Équipe nashri ma'lumotiga ko'ra, amerikalik hujumchiga Angliya Premer-ligasining ikki klubi — "Nyukasl" va "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Tottenxem" allaqachon futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha dastlabki aloqalarni amalga oshirgan. Muzokaralar jarayonida "Monako" Baloguni taxminan 60 million evroga sotishga tayyor ekani ma'lum bo'lgan.

Shuningdek, 25 yoshli futbolchiga Turkiyaning "Galatasaroy" klubi hamda Saudiya Arabistoni jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Balogu o'tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida "Monako" safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ